Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Maktab o‘quvchisining nomusiga tekkan shaxsga 14 oydan beri chora ko‘rilmagan» — Senat

«Maktab o‘quvchisining nomusiga tekkan shaxsga 14 oydan beri chora ko‘rilmagan» — Senat

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida B.E. ismli shaxs 2020-yilning yanvar oyida 16 yoshli voyaga yetmagan (maktab o‘quvchisi) qizning ojizligidan foydalanib nomusiga tekkan. Achinarlisi, bu holat 2020 yilning fevral oyida voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilishini aytib, uni qo‘rqitadi va takroran kuch ishlatib nomusiga tegadi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Farxod Boqiyevning axborotida.

Qayd etilishicha, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qariyb 14 oydan beri Termiz shahar IIO FMB tomonidan qonuniy choralar ko‘rilmay kelinmoqda. Bu esa, avvalo, ota-onani, qolaversa, mazkur voqeadan xabardor bo‘lgan odamlarning ichki ishlar organi tizimiga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatini kuchaytirishi tabiiy albatta.

«Eng achinarlisi, jabrlanuvchi qizning ota-onasi adolatni qaror toptirish, jinoyatni amalga oshirgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab bir yildan beri Termiz shahar IIO FMBga va boshqa ma’muriy idoralarga qilgan barcha murojaatlari e’tiborsiz qodirilgan. Ayniqsa, Termiz shahar IIO FMB tomonidan mazkur voqea bo‘yicha sifatsiz tekshirishlar o‘tkazilganligi, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorlar qabul qilganligi hamda jinoyatni amalga oshirgan shaxsning do‘stlari Termiz shahar IIO FMBda faoliyat yuritishi, shu sababli ish bosti-bosti qilib kelinayotgani ota-onaning so‘nggi chora sifatida Senatga murojaat qilishiga sabab bo‘lgan.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan mazkur tergov ishi har tomonlama to‘la va xolisona olib borilishi hamda yakunlari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi nazoratga olindi.

Tergov yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi», qayd etiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring