Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

136 nafar mansabdor nomaqbul ishi uchun jarimaga tortildi

136 nafar mansabdor nomaqbul ishi uchun jarimaga tortildi

Foto: Xabar.uz

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020-yil davomida o‘tkazilgan davlat ekologik nazorati natijalariga ko‘ra daraxt va butalarni noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq jami 3 960 ta huquqbuzarlik aniqlangan.

Noqonuniy daraxtkesarlarning 136 nafari mansabdor shaxslar.

Huquqbuzarlarga jami 4,578 mln.so‘m jarima solingan, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori esa – 15,305 mln.so‘m.

Aniqlanishicha, jami 2 724 m3 buta, 7 812 dona daraxt shundan, 3 428 dona qimmatli va 4 384 dona kamyob va qimmatbaho daraxtlar noqonuniy ravishda kesilgan.

18 ta holat bo‘yicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Huquqbuzarlardan 127 ta qurol-aslahalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring