112 yosh oila «Yoshlar kuni»ni yangi uyda nishonlamoqda
Mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Yoshlar kunida Termiz shahridagi Saxovat mahallasida yosh oilalar uchun uchta to‘rt qavatli keng, shinam uy foydalanishga topshirildi. Bu haqda «O‘zA» xabar berib o‘tdi.
Yangi uylar ikki va uch xonali bo‘lib, bu yerda yosh oilalarning to‘kin, farovon hayot kechirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Farzandlari uchun zamonaviy o‘yin maydonchalari ham qurilgan.
Mamlakatimiz taraqqiyotida faol ishtirok etayotgan, Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan, fan, ta’lim, madaniyat, sport kabi sohalarda yuksak natijalarga erishgan yoshlar uchun barpo etilgan ko‘p qavatli uylarning boshlang‘ich to‘lov badalisiz imtiyozli ipoteka krediti asosida berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter