11-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
Respublika Gidrometerologiya markazi 11-sentyabr kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri.
Havo o‘zgarib turadi, biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-16°, kunduzi 28-30° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
Toshkent viloyati.
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
Sirdaryo, Samarqand, Jizzax.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter