1000 nafar o‘qituvchi va shifokor donorlik qildi
Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev boshchiligidagi 1000 nafar professor-o‘qituvchi va shifokorlari, magistratura hamda klinik ordinatura talabalaridan iborat ko‘ngillilar guruhi viloyat qon quyish markazida beg‘araz donor sifatida qon topshirdi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti tarkibida ikkita klinika faoliyat ko‘rsatib, ayni paytda ularda qator murakkab jarrohlik operatsiyalari, shuningdek, tug‘uruq amaliyotlari o‘tkazilmoqda. Bu jarayonlarda esa, tabiiyki, qon zaxiralariga ehtiyoj katta.
Viloyatda donorlik qoniga ehtiyoji bo‘lgan ko‘plab bemorlar borki, ushbu xayriya aksiyasi ortidan ularning ham mushkuli oson bo‘lib, sog‘lom hayotga qaytishiga umid uyg‘onadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan «Qon topshir — hayot in’om et!» xayriya aksiyasi e’lon qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter