10 oylik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida doimiy aviareyslar tiklandi
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovlar tiklandi. Reyslar 2020-yilning mart oyida koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgandi. Bu haqda «Xovar» axborot agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mamlakatning koronavirusga qarshi kurash shtabi qarori bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovlar tiklangan.
Qo‘shni davlat bilan aviaqatnovlar 2020-yil mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi. Endi, kelishuvga binoan, haftaning chorshanba kunlari «O‘zbekiston havo yo‘llari», juma kunlari «Somon Eyr» aviakompaniyasi reyslari amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilar uchishdan oldin 72 soat ichida COVID-19ga PZR testini topshirib, tibbiy ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter