1-maydan kutilayotgan o‘zgarishlar, Tojikistonda kutilmagan choralar, koronavirusdan tuzalganlar soni ortishi va boshqa xabarlar
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 25-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi.
Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.
O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat
2020-yil 25-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1836 nafarni tashkil qilmoqda. Bugun 32 ta yangi holat aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar 86 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 707 nafarni tashkil etmoqda.
Koronavirus kirib kelgandan beri 8 kishi vafot etdi.
Mushohada: Biz o‘z bosqinchisini ko‘kka ko‘targan ilk millat sifatida tarixda qolamizmi?
Bundan 2-3 yil avval Andijonda, arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim ziyoratgohi davlat mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlangani haqida o‘z munosabatimni bildirgandim, Qilichmozor qishlog‘i hududida Qutayba o‘z safdoshlari tomonidan o‘ldirilgach, keyinchalik bu yerda uning maqbarasi bunyod etilgan. Ancha ta’mirtalab ahvolga kelib qolgach, Andijon viloyati hokimligi tomonidan bu qadamjo obod qilindi.
Maqolani to‘liq ushbu link orqali o‘qing.
1-maydan boshlab nimalar o‘zgaradi?
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali 2020-yil 1-maydan boshlab o‘zgaradigan eng muhim voqealarning qisqacha sharhini e’lon qildi.
Davlat tilida ish yuritmaganlik uchun javobgarlik belgilanishi mumkin
Adliya vazirligi davlat tilida ish yuritishni ta’minlamaganlik uchun mansabdor shaxslarga javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
«Tojikistonda hali koronavirus yo‘q». Hukumat bog‘cha va maktablarni yopdi
Tojikiston poytaxtidagi barcha maktablar, bolalar bog‘chalari, kollejlar va maktablarda 27-apreldan 10-maygacha vaqtincha ta’tilni e’lon qildi. Bu haqda Dushanbe shahridagi Ta’lim boshqarmasiga asoslanib «Aziya-Plyus» xabar berdi.
Biroq, rasmiylarning qayd etishicha, bu karantin chorasi emas, shunchaki «navbatdan tashqari ta’til». Ya’ni ushbu qaror profilaktika maqsadida qabul qilingan: bu vaqt ichida barcha maktablar, bolalar bog‘chalari va maktablar dezinfeksiya qilinadi.
Ob-havo: Yakshanba kuni harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda
Respublika Gidrometerologiya markazi dam olish kunlarida yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Shuningdek:
Fohisha millionli jarimani «qanday» to‘laydi?!
Nyu-Yorkda koronavirus manbai topildi
Ko‘zbo‘yamachilik so‘zbo‘yamachilikni istaydi. Karim Bahriyev maqolasi
Jamoatsiz taroveh, huvillagan Ka’batulloh (foto)
Bizni kuzatib boring.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter