1-maydan to‘rtta yangi qo‘mita tashkil etiladi
Joriy yilning 1-mayidan boshlab kuzatuv kengashi a’zolaridan iborat bir qator qo‘mitalar — Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi, Audit qo‘mitasi, Tayinlovlar va haq to‘lash qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qo‘mitasi tashkil etiladi.
Bu haqda prezidentning «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida»gi farmonida so‘z boradi.
Shuningdek, farmonga ko‘ra davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari boshqaruv organlarining faoliyati samaradorligini, mas’uliyati va javobgarligini oshirish maqsadida 2022 yil 1 apreldan keyin ijro organi rahbari sifatida tayinlangan (qayta tayinlangan) shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ijro organi rahbari bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi.
Avvalroq UzAuto Motors va Uzbekistan Airways aksiyalari sotuvga qo‘yilishi, xorijliklarga O‘zbekistonda yashash uchun mulk sotib olish miqdori o‘zgargani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter