Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizning eng chekka hududida ham brend yaratish mumkin. «O‘zmilliybank» mijozi buni isbotladi

Yurtimizning eng chekka hududida ham brend yaratish mumkin. «O‘zmilliybank» mijozi buni isbotladi

Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumaniga kelgan har bir tadbirkor albatta «New Best Style» MChJ faoliyati bilan tanishib ketishi lozim. Ushbu korxona yurtimizning eng chekka hududida ham brend yaratish mumkinligini isbotlab berdi. Uning savdo belgisi «Max Decor» deb ataladi va bu yerda yurtimiz uchun juda tanqis hisoblangan gulqog‘ozlar ishlab chiqarilmoqda.

Bugungi kunda yurtimiz bozorlaridagi gulqog‘oz asosan import qilib kelinmoqda. Tuproqqal’ada ishlab chiqarilayotgan mahsulot esa sifati jihatidan hech bir xorijiy raqobatdoshidan qolishmaydi. «Max Decor» gulqog‘ozlarini bemalol yuvib, tozalash mumkin. Aynan shu jihatiga ko‘ra ushbu korxona yurtimizda yagona hisoblanadi.

«New Best Style» o‘z faoliyatini 2019 yil dekabr oyida boshlagan bo‘lib, hozirda uning mahsulotlari nafaqat yurtimiz, balki qo‘shni davlatlar bozorida ham talabgir. Korxona Xitoy davlatining «Kapros Group» hamda «Yien» singari yetakchi gulqog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘magida tashkil etilgan.

Shuningdek, korxonaga «O‘zmilliybank» tomonidan ajratilgan 1 mln. 178 ming AQSh dollari miqdordagi kredit evaziga Xitoy davlatidan gulqog‘oz ishlab chiqarish uskunalari liniyasi sotib olingan. Mazkur uskunalar yordamida bozor rastalariga yuqori sifat va nozik did bilan ishlangan gulqog‘oz mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

Korxona yiliga 750 ming dona gulqog‘oz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, bugungi kunda korxonada 100 ga yaqin xodim faoliyat olib bormoqda.

«New Best Style»ning eksport hajmi yiliga 1 800 ming AQSh dollariga yaqin. Uning mahsulotlari Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, BAA va Indoneziya davlatlariga yetkazib berilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring