Yoshlar ittifoqiga a’zolik yakka tadbirkorga qanday imtiyozlar beradi?
Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorga asosan respublikamiz tuman (shahar)lari markazlarida yoshlar tadbirkorlik klasteri, ya’ni muhandislik-texnik kommunikatsiyalar bilan ta’minlangan va yoshlar tadbirkorlik sub’yektlariga uzoq muddatli ijara huquqida foydalanish uchun beriladigan ishlab chiqarish maydonlarini o‘z ichiga olgan hududlar tashkil etilgan, deyiladi «Huquqiy axborot» kanali ma’lumotida.
Klasterlar hududida joylashgan ishlab chiqarish maydonlari faqat O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lgan yosh tadbirkorlarga korxona tashkil topguniga qadar, ammo 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ijara haqining «nol» stavkasi bo‘yicha beriladi.
Shuningdek, foydalanilmayotgan, shu jumladan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan davlat mulki O‘zbekiston yoshlar ittifoqi a’zosi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining shahar hamda tuman kengashlarining iltimosiga ko‘ra 5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ijara haqining «nol» stavkasi bo‘yicha ijaraga beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter