Yangi vazirlikka Xitoydan ekspertlar jalb qilinmoqda — Prezident
Davlatimiz rahbari yig‘ilishda Navoiy, Buxoro, Namangan, Qo‘qon, Ohangaron va Chirchiq shaharlari, Zafarobod, Arnasoy, Vobkent, Shofirkon, Kogon, G‘ijduvon, Romitan tumanlarining bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha rejalari puxta ishlab chiqilmagani, ularda mavjud barcha imkoniyat va zaxiralar hisobga olinmaganini tanqid qildi.
Shu bilan birga, kambag‘allik ko‘rsatkichlari respublika bo‘yicha yaxshilangan bir paytda, Navoiy, Surxondaryo va Farg‘onada o‘zgarish sezilmayotgani ta’kidlandi.
Prezident kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy mexanizmi – aholini daromadli ish bilan ta’minlash ekanini qayd etdi. Shu bois, ma’muriy islohotlar doirasida kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul 5 ta idora yaxlit tizimga aylantirildi.
Endilikda mehnat resurslari va ishsizlik hisobini yuritish ham, bandlikka ko‘maklashish va tadbirkorlikni mahallabay rivojlantirish ham bitta — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi vazirlikka Xitoydan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha katta tajribaga ega ekspertlar jalb qilinmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga ushbu ekspertlar bilan birga barcha viloyatlarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil qilish, viloyat hokimlari bilan birga 2023 yil uchun bandlik dasturini tumanlar kesimida qaytadan ko‘rib chiqib, tasdiqlash topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter