Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yandex.Go» O‘zbekistonda bloklanishi mumkin

«Yandex.Go» O‘zbekistonda bloklanishi mumkin

Foto: Xabar.uz

«Yandex.Go» xizmati O‘zbekistonda bloklanishi mumkin. DSQ  xizmat haqida e’lon qilingan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi va xizmat bloklanishi mumkinligini bildirgan.

Joriy yilning sentyabr oyida Ridetech International B.V. kompaniyasiga ikki oy muddatda o‘z faoliyatini qonun hujjatlari asosida tashkil etish bo‘yicha quyidagi talablar qo‘yilgan:

1. Faoliyatni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tish va belgilangan soliqlarni to‘lash;

2. Soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiyalashuvni ta’minlash va mijozlarga avtomatik shakllantiriladigan fiskal chek taqdim etish.

2023-yil 1-dekabrga qadar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda, Soliq qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga «Yandex.Go» kompaniyasining O‘zbekiston hududida agregator sifatida foydalanib kelinayotgan elektron Platformadan foydalanishni bloklash bo‘yicha rasmiy murojaat qilishini ma’lum qiladi.

Avvalroq, Yandex.Go taksi xizmati bo‘yicha huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev tanqidiy post yozib chiqqan. Unga ko‘ra, xizmat O‘zbekistonda rasmiy soliq rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tmagani ma’lum qilingan. Kompaniya daromadlari sirli ravishda to‘g‘ri Niderlandiyadagi hisob raqamlarga borib tushmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring