Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijiy valyutada olingan kreditlar mijoz istagiga ko‘ra milliy valyutaga o‘tkazilmoqda — Mikrokreditbank

Xorijiy valyutada olingan kreditlar mijoz istagiga ko‘ra milliy valyutaga o‘tkazilmoqda — Mikrokreditbank

Prezident 27-oktyabr kuni «Tadbirkorlik sub’yektlarining xorijiy valyutadagi kredit majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq yukini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi.

Ushbu qaror tadbirkorlik sub’yektlarining valyuta xatarlarini kamaytirishga qaratilgan. Unda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining valyuta xatarlarini kamaytirish uchun 1 mln AQSh dollarigacha xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarni milliy valyutaga o‘tkazib berish ko‘zda tutilgan.

Mikrokreditbank tomonidan xorijiy valyutada ajratilgan kreditlarni milliy valyutaga o‘zgartirish bo‘yicha bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda. Ayni paytda bank tomonidan xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar qoldig‘i jami 490 ta mijozda 336,8 mln AQSh dollar ekvivalentini tashkil qiladi. Shundan, 1 mln AQSh dollari ekvivalentigacha bo‘lgan kredit qarzdorligi 409 ta mijoz bo‘yicha 87,2 mln dollarni tashkil etadi.

Mikrokreditbank tomonidan valyuta tushumlariga ega bo‘lgan eksportyor korxonalarga xorijiy valyutadagi kreditini milliy valyutaga 14 foiz stavkasida o‘tkazilishiga taklif bildirilgan.

Bundan tashqari valyuta tushumlariga ega bo‘lmagan mijozlarga xorijiy valyutada ajratilgan kredit qoldig‘ini milliy valyutaga yillik 20 foiz ustama haq to‘lash shartlari asosida o‘tkazish yuzasidan taklif bildirilgan. Bugungi kunda  15 ta mijoz tomonidan 3,3 mln dollarga teng xorijiy valyutadagi kredit qoldiqlari milliy valyutaga o‘tkazildi. Shundan, sonoat sohasiga 12 ta mijoz, xizmat ko‘rsatish sohasiga 3 ta mijoz to‘g‘ri keladi.

«Mikrokreditbank» ATBning Farg‘ona viloyatidagi mijozi «Afrosiyobfarm» MChJ rahbari xorijiy valyutadagi kreditini milliy valyutaga o‘tkazdi.

«Korxonamiz farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, asosan ichki bozor uchun mo‘ljallangan. Shu sababli ham bizga kreditlarni milliy valyutada to‘lash bir muncha qulaylik yaratdi», — deydi korxona rahbari Bekzod Rayimov.

«Afrosiyobfarm» MChJga 2019 yil 16 dekabrda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish maqsadida 12 foiz ustama haq to‘lash sharti bilan 60 oy muddatga 12 oy imtiyozli davr bilan 1 000 000,0 AQSh dollari miqdorida kredit ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu kredit 20 foiz ustama haq to‘lash sharti bilan 60 oy muddatga 12 oy imtiyozli davr bilan 10 650 060 000,0 so‘m miqdorida milliy valyutaga o‘tkazildi.

Shuningdek, yil yakuniga qadar yana yetti nafar mijozning kreditlarini milliy valyutaga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Umuman olganda, Mikrokreditbank tomonidan mijoz talabiga asosan shu paytgacha olingan xorijiy valyutadagi kredit qoldiqlari milliy valyutaga o‘tkazib berish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring