Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda Xitoy tajribasi qo‘llaniladi

Xorazmda Xitoy tajribasi qo‘llaniladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 11,5 trillion so‘m kredit yo‘naltirilishi belgilandi. Bu mablag‘larni samarali ishlatish uchun har bir tuman va shaharni kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi.

Xorazmda Xitoy tajribasi asosida «uy sanoati» rivojlantiriladi. Masalan, Bog‘ot, Yangiariq, Yangibozor, Qo‘shko‘pir va Urganch tumanlarida jun va pillani qayta ishlash salohiyati katta, Hazorasp, Xiva, Tuproqqal’a va Xonqada qo‘l mehnati asosida gilam to‘qish ommalashgan

Ushbu tumanlarda ipakchilik va gilamchilik kooperatsiyalari tashkil qilinib, kamida 10 mingta oila o‘qitiladi. Ularga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi. Bu tarmoqqa viloyat bo‘yicha joriy yilda qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Prezident Xorazmni asosiy drayveridan biri bo‘lgan turizmni rivojlantirish bo‘yicha 3 yillik dastur qabul qilinishini aytdi.

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tushumi 3 yil davomida Xorazmni o‘zida qoldiriladi.

Sayyohlarga bir yil davomida cheklovsiz Xorazmga kirish uchun “O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi.

Shu bilan birga, qator tumanlarda mehmonxonalar yetishmasligi qayd etildi.

Endilikda mehmonxona va dam olish maskanlarini qurish, mavjud o‘rinlarni ko‘paytirish uchun 7 yilga 2 yil imtiyozli davr bilan 18 foiz stavkada kreditlar beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring