Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moliya vazirligida Xalqaro valyuta fondining missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Moliya vazirligida Xalqaro valyuta fondining missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Foto: Moliya vazirligi

Kecha, 25-aprel kuni Moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondining (XVF) kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga (k-MTUT) qo‘shilish bo‘yicha texnik ko‘magi doirasida Xalqaro valyuta fondining missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

K-MTUTga qo‘shilish doirasida 15 ta yo‘nalishdan iborat ma’lumotlarni muntazam ravishda tegishli vazirliklarning rasmiy veb-saytlarida belgilangan tartibda joylashtirib borish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bu orqali xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun statistik ma’lumotlarning maksimal shaffofligi va oshkoraligi ta’minlanadi hamda xorijiy investorlar tomonidan mamlakatning moliyaviy holati va barqarorligini real baholash uchun imkon yaratiladi va mamlakatimizga kiritilayotgan sarmoyalarning hajmi oshishiga yordam beradi.

Missiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida XVFning k-MTUT talablariga muvofiq Moliya vazirligi tomonidan uch turdagi, ya’ni Markaziy hukumat, Konsalidatsiyalashgan budjet ijrosi va mamlakatimizning tashqi qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtirishga ko‘mak berishdan iboratdir.

Eslatib o‘tamiz, ushbu missiya joriy yilning fevral oyida boshlangan O‘zbekiston Respublikasining XVF k-MTUTga qo‘shilishi doirasida amalga oshirilgan ishlarning davomidir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring