Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki O‘zbekistonda birinchi bo‘ldi

Xalq banki O‘zbekistonda birinchi bo‘ldi

Xalq banki «Finastra Fusion Risk» negizida xatarlarni hamda bank aktiv va passivlarini boshqarish tizimida avtomatlashtirgan O‘zbekistondagi birinchi bank bo‘ldi.

2021 yil 13 iyul kuni Xalq banki tomonidan Xalqaro standart talablariga javob beradigan «FusionRisk dasturiy ta’minotini tatbiq etish» loyihasini amalga oshirish natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Xalq banki Boshqaruv Raisi Farhod Islomovich Salamov, Finastra vakillari va bank xodimlari joriy qilingan tizimning afzalliklari haqida so‘zlab berishdi.

Fusion Risk qatoriga shunday tizimlar kiradiki, ular risk-menejment bo‘yicha boy xalqaro tajribani umumlashtirgan bo‘lib, turli moliyaviy xatarlarni, shu jumladan, butun bank miqyosidagi xatarlarni ham kompleks boshqarish vazifalarini hal qiladi.

Joriy etilgan tizim bankka xatarlarni identifikatsiya qilish, kredit xatari, bozor tavakkalchiligi, likvidlik xatari, foiz stavkalari o‘zgarishi xatari, boshqariluvchi metrik xatarlar (ALM / IFRS-9) va stress-test o‘tkazish kabilarni boshqarish uchun to‘liq funksiyani taqdim etdi.

Fusion Risk dasturiy ta’minoti Xalq banki biznes jarayonlarini optimallashtirishga imkon beradi, IFRS talablariga muvofiq hisobotlarni tayyorlash uchun vaqt va mehnat xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi.

Batafsil ma’lumot uchun: 1106 / 71 210 20 02

Web sayt: xb.uz

E-mail: [email protected]

Telegram-kanal: https://t.me/xalqbankinfo

Telegram-bot: https://t.me/xbInfo_bot

Telegram-bot call center: https://t.me/xalqbankcall_bot

Facebook: Xalq Banki

Instagram: xalqbankinfo

Reklama

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring