Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki Germaniya banki bilan 30 million yevrolik kelishuvga erishdi

Xalq banki Germaniya banki bilan 30 million yevrolik kelishuvga erishdi

Foto: Bank axborot xizmati

Joriy yilning 11-iyul kuni Aksiyadorlik tijorat Xalq banki mijozlarining biznes loyihalarini xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish maqsadida Germaniyaning «Berliner Sparkasse - Branch of Landesbank Berlin AG» banki vakillari bilan Toshkent shahrida kelishuv imzolash oldi uchrashuvi o‘tkazilgan edi.

Kecha Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari Nizomiddin Abbosov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan Germaniyaning Berlin shahrida «Berliner Sparkasse - Branch of Landesbank Berlin AG» banki bilan 30 million yevrolik bosh kelishuv imzolandi.

Foto: Bank axborot xizmati

Mazkur shartnoma doirasida Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan yurtimizdagi tadbirkorlik sub’yektlarining qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish kabi loyihalari moliyalashtiriladi.

Foto: Bank axborot xizmati

Qayd etish lozimki, bugungi kunda Xalq banki tomonidan Germaniya davlatidan naslli qoramollar shuningdek, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop sut va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalari sotib olish bilan bog‘liq loyihalarni xorijiy valyutada moliyalashtirish va tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.

Foto: Bank axborot xizmati

Ushbu kelishuvdan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi.

Bank axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring