Way II o‘tkazgan tadbirda birinchi investitsiya to‘plami sotuvi tashkil etildi
17 avgust kuni Way II ofisida Investorlar uchun tadbir bo‘lib o‘tdi, unda kompaniya vakillari yangi investitsiya to‘plami sotuvining birinchi bosqichini e’lon qilishdi. E’tiborlisi, 15 daqiqada 104 775 000 000 so‘m miqdorida investitsiyalar yig‘ildi.
Investorlarga kompaniya faoliyati, islom moliyasi tamoyillari va kompaniya ularni tatbiq etish uchun qanday ishlar olib borayotganligi haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbir davomida Markaziy Osiyoda alyuminiy konstruksiyalarni ishlab chiqaruvchi yetakchi Akfa Aluminium Group kompaniyasining ishlab chiqarish imkoniyatlari namoyish etildi. Shuningdek, kompaniyani rivojlantirish rejalari va investitsiya to‘plamlari sotuvining birinchi bosqichi boshlanganligi e’lon qilindi.
«Biz investorlarimiz tomonidan ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Birinchi investitsiyalar to‘plamining qisqa vaqt ichida sotilishi Way II va Akfa Aluminium Group kompaniyalariga bo‘lgan qiziqish va ishonchni yana bir bor namoyish etadi. Shuningdek, islomiy tamoyillarga asoslangan moliyaviy vositalar investorlar orasida ommalashib borayotganligini bildiradi. Yaqin orada sotuvlarning yangi bosqichi ham e’lon qilinadi va biz investorlarimizning ishonchlarini oqlash va ularga sarmoya kiritish uchun qulay imkoniyatlarni taklif qilish ustida ishlashda davom etamiz», – dedi Way II kopmaniyasining bosh operatsion direktori Aziz Qosimxo‘jayev.
Way II - kapital tuzilmasini yaxshilash va loyihalarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun ulushdorlik asosida mablag‘ jalb qilishga qaratilgan investitsiya kompaniyasidir. Kompaniya shaffoflik, ishonch va professionallik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda faoliyat olib boradi.
Tadbir ishtirokchilarga nafaqat investitsiya kompaniyasi faoliyati bilan tanishish, balki biznes aloqalarini o‘rnatish va eksklyuziv shartlar bilan tanishish imkonini berdi.
Way II kompaniyasining investitsiya to‘plami alyuminiy konstruksiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyodagi yetakchi korxonalardan biri – Akfa Aluminium Group kompaniyasiga sarmoya kiritish imkoniyatini taklif qiladi.
Way II islom moliyasi tamoyillariga amal qiladi. Bu esa Islomiy moliya maslahat kengashi (IFCB) xulosasi bilan tasdiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter