Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch oyda uch viloyatda yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi

Uch oyda uch viloyatda yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Joriy yilning o‘tgan uch oyi davomida mamlakatimizning 3 ta viloyatida umumiy quvvati 684 MVt bo‘lgan 3 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Birinchisi, joriy yil 11 yanvar kuni Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

Ikkinchisi, 14 yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi;

Uchinchisi, 10 mart kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Ushbu 3 ta elektr stansiya yiliga 5 milliard 600 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 725 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qo‘shimcha 2 milliard 700 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

Ma’lumot uchun: Mart oyi yakuniga qadar Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 MVt bo‘lgan navbatdagi, ya’ni 4-chi yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring