Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tumanlarda «Tomorqa xizmati» MChJlari tashkil etiladi

Tumanlarda «Tomorqa xizmati» MChJlari tashkil etiladi

Foto: Xabar.uz

Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilanmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, har bir tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlari hududida kamida bittadan «Tomorqa xizmati» MChJlar tashkil etiladi. Mazkur MChJlarga issiqxona, sovutgichli omborxonalar, chorvachilik majmualari qurish uchun kamida 3 gektardan yer ajratish belgilangan.

Shuningdek, ular uchun viloyat va tuman (shahar) markaziy dehqon bozorlarida, aholi gavjum punktlarida maxsus savdo maydonlarini ajratish ko‘zda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalari, «Tomorqa xizmati» MChJ va qishloq xo‘jaligi kooperativlariga Fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari hisobidan Markaziy bankning asosiy stavkasida va undan yuqori ajratiladigan kreditlar foiz stavkasining 50 foizini qoplab berish tizimi joriy qilinadi.

Shu bilan birga, «Tomorqa xizmati» MChJ va qishloq xo‘jaligi kooperativlari davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab ushbu qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod etilishi mumkin.

Qaror loyihasi muhokamasi joriy oyning 29 mayiga qadar ochiq.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring