Toyloqda 4 ta kichik GES quriladi
Darg‘om kanalida 2022-yilgacha amalga oshiriladigan bu loyihalarga 71,5 million dollar sarflanadi va ularni moliyalashtirish uchun Xitoyning «Eksimbank»i va Rossiyaning «Vneshekonombank» xorijiy banklari hamkor-kreditor sifatida ishga jalb qilinmoqda, deb xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.
Xususan, «Shavdor» kichik GESi 7,2 MVt quvvatga ega bo‘ladi. Undan ko‘ra hajmi kattaroq — 7,4 MVt bo‘lgan «PK135+50» kichik GESi qurilishi loyihasi ham aynan Darg‘om kanalida bunyod etiladi. Shuningdek, keyingi loyihadagi suv inshooti elektr stansiyalari — «Bog‘ishamol-2» kichik GESi 6,45 MVtgacha, «PK 102+00» kichik GESi esa 6,4 MVtgacha quvvatga ega bo‘ladi.
«Bulung‘ur Feniks Stroy» mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida ham mini GES qurish rejalashtirilgan. Loyiha Ispaniyaning «Nikami Enterprise» korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Umuman, Investitsiya dasturi asosida keyingi yillarda Samarqand viloyatida elektr energiyasi ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha yana bir qator yirik loyihalar amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter