Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Germaniya brendi ostida mahsulotlar chiqarilmoqda

Toshkentda Germaniya brendi ostida mahsulotlar chiqarilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Olmazor tumanida «Next Generation Product» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Bu yerda «Royal» savdo belgisi ostida yiliga 460 ming dona elektr va quyosh energiyasi asosida ishlovchi suv isitish uskunasi, Germaniyaning «Viessmann» brendi ostida 75 ming dona suv isitish qozoni ishlab chiqariladi. Korxonada jami 530 kishi ish o‘rni bilan ta’minlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mahsulotlar Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onistonga eksport qilinmoqda.

Pandemiya sharoitiga qaramay korxonada ishlab chiqarish sur’ati pasaygani yo‘q. Yanvar-may oylarida 1,8 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Yil yakunigacha ko‘rsatkichni 7 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

Davlatimiz rahbariga shu yerda istiqboldagi loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Prezident mahsulotlar turini ko‘paytirib, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring