Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Toshkentni yirik moliya markaziga aylantirish bo‘yicha strategiya zarurligini ta’kidladi

Prezident Toshkentni yirik moliya markaziga aylantirish bo‘yicha strategiya zarurligini ta’kidladi

Foto:Prezident matbuot xizmati

Bugun 21-dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi. Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Toshkent shahrida 2017-yili yalpi hududiy mahsulot 5 foizga o‘sgani qayd qilindi. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 8,1 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, joriy yil yakuni bo‘yicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 9,2 foizga, qurilish ishlari 11,6 foizga, xizmat ko‘rsatish 10,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu mamlakatimiz bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardandir.

Prezidentimiz Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. Toshkent shahrini yirik ishbilarmonlik va moliya markaziga aylantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

- Bugungi globallashuv davrida iqtisodiyotga investitsiyalarni faol jalb etib, biznes uchun qulay sharoitlar yaratib berayotgan shaharlar jadal rivojlanmoqda. Toshkent shahrini yuqori texnologik sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, bank, moliya, sug‘urta va boshqa zamonaviy xizmatlar ko‘rsatadigan yirik xalqaro markazga aylantirishimiz zarur. Shahar atrofi sanoat zonalari, shahar ichi esa innovatsion hudud bo‘lishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ijtimoiy soha, qurilish va kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, aholi va turistlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha ham istiqboldagi muhim vazifalar belgilandi, deyiladi xabarda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring