Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyati biryo‘la to‘rtta yirik shahridan «ajraldi»

Toshkent viloyati biryo‘la to‘rtta yirik shahridan «ajraldi»

Bugun, 4-iyun kuni Nurafshon shahrida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi sayti xabar berdi.

Sessiyada dastlab tashkiliy masala ko‘rildi. G‘ulomjon Ibragimov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari  Rustam Xolmatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Sessiya ishida Bosh vazir A.Aripov, Prezident Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov ishtirok etgan.

Aytilishicha, xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyati biryo‘la to‘rtta yirik shahridan «ajralgani» ma’lum  qilingan.

Gap shundaki, davlat  rahbari bugun imzolagan farmonga muvofiq, viloyatdagi 4 ta yirik – Angren, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika bo‘ysunuviga o‘tkazildi, deyiladi hokimlik matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring