Toshkent va Qashqadaryo yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
Respublikamizda 2021-yil yanvar-iyul oylarida (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) jami 61 612 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Davlat statistika qo‘mitasi bu haqda ma’lumot berdi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 6 301 taga ko‘p.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
- Toshkent shahri – 10 296 ta
- Qashqadaryo viloyati – 7 186 ta
- Samarqand viloyati – 6 322 ta
- Farg‘ona viloyati – 5 438 ta
- Toshkent viloyati – 5 249 ta
- Namangan viloyati – 3 838 ta
- Andijon viloyati – 3 681 ta
- Surxondaryo viloyati – 3 622 ta
- Buxoro viloyati – 3 501 ta
- Qoraqalpog‘iston R. – 2 859 ta
- Jizzax viloyati – 2 771 ta
- Xorazm viloyati – 2 685 ta
- Navoiy viloyati – 2 663 ta
- Sirdaryo viloyati – 1 501 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter