O‘tgan yilda poytaxtda o‘rtacha oylik maosh miqdori 2 million 818 ming so‘mni, o‘rtacha oylik pensiya esa 692 ming so‘mni tashkil etgan.
Bu haqda 2012-2017-yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy natijalari hamda 2018 yil reja ko‘rsatkichlariga tayanib, «O‘zA»
ma’lum qildi.
Dastlabki prognozlarga ko‘ra, joriy yilda o‘rtacha oylik maosh 3 million 96 ming so‘mga yetkaziladi, o‘rtacha pensiyalar miqdori 805 ming so‘mdan oshadi.
Hujjatda qayd etilishicha, oylik maoshlari hajmi 2012-yildan beri uch barobar, pensiyalar ikki baravarga oshgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter