To‘rtta yirik aksiyadorlik banki xususiylashtiriladi

Prezident 2020–2025-yillarda O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish strategiyasiga doir Farmonni imzoladi. Bu haqda «Platforma.uz» kanali xabar bermoqda.
Unga ko‘ra:
- Davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari hissasi hozirgi 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshiriladi. Ya’ni, xususiy moliya muassasalari ko‘payadi.
- 2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitaliga xorijiy investorlar jalb qilinadi.
- «Ipoteka-bank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Asaka» banki, «Aloqabank», «Qishloq qurilish bank» va «Turonbank»dagi davlat ulushlari bosqichma-bosqich xususiylashtirilishi ko‘zda tutilmoqda.
- «Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki», «Agrobank» va «Mikrokreditbank» ustav kapitallarida davlat ulushi saqlab qolinadi.
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari tomonidan banklarning tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter