Ayrim tijorat banklarida dollarni sotish kursi oshdi
Bugun, 16-fevraldan O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklarida 1 AQSh dollarining sotish kursi 40 so‘mgacha oshirildi.
Shunday qilib, ayrim banklarda AQSh dollarining sotish kursi 10590 so‘mgacha ko‘tarildi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Markaziy bank 16-fevraldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra AQSh dollarining rasmiy kursi +9,26 so‘mga ko‘tarilib, 10 540,09 so‘mni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter