Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tijorat banklari kredit foizlarini tushirishni boshladi

Tijorat banklari kredit foizlarini tushirishni boshladi

Foto: Mikrokreditbank

O‘zbekistonning tijorat banklari kredit foizlarini 21-24 foizgacha tushirishni boshlashgan.

Bu ishga birinchilardan bo‘lib Mikrokreditbank qo‘l urdi. Ma’lum qilinishicha, yuridik va jismoniy shaxslarga ajratiladigan barcha turdagi kreditlar foizlari bugundan tushirilgan.

  • Mikroqarz endi yillik 23-24 foizdan;
  • Iste’mol kreditlari yillik 22-24 foizdan;
  • Avtokredit esa yillik 24 foizdan ajratiladi.
  • Yuridik shaxslarga aylanma mablag‘larni amalga oshirish uchun yillik 21 foizdan kredit ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bankning asosiy stavkasi 15 foizga pasaysa ham nega tijorat banklarida foiz stavkasi hamon yuqoriligicha qolmoqda, degan savol ko‘tarilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring