Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tagliklar tagidagi sir

Tagliklar tagidagi sir

Foto: «xlebez.ru»

Respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun joriy qilingan qulaylik va yengilliklarni sui’stemol qilgan holda tovar-moddiy boyliklarni mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlar uchrab turibdi.

Yaqinda Toshkent shahar bojxonachilari Turkiya davlatidan poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi MChJ nomiga olib kelingan gigenik vositalarni bojxona nazoratidan o‘tkazishdi.

Mazkur MChJ tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra yuk avtomashinasida mamlakatimizga bolalar tagliklari, soqol olish kremi kabi mahsulotlar bo‘lishi lozim edi.

Ammo ko‘rik jarayonida hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 126 000 000 so‘mlik, jami 126 000 dona «ARKO» nomli bir martalik soqol olish uskunalari borligi aniqlandi. 

Foto: Qo‘mita  Axborot xizmati

Mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan tashkilotning ishonchli vakili, 1988 yilda tug‘ilgan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan bayonnoma va tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring