Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im keskin kamaytirildi
Vazirlar Mahkamasi qarori (774-son, 27.12.2021 y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, advokatlik litsenziyasini olishga oid arizalar adliya organlari tomonidan 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi (ilgari 20 ish kuni edi).
Vasiylik va homiylik qilishga to‘sqinlik qiluvchi jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilandi (ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganlarning barchasiga cheklov mavjud edi).
Endilikda tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji to‘lanmaydi.
Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 20 foizi miqdorida yig‘im undiriladi (ilgari BHMning 1 baravari miqdorida undirilgan).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter