Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Ochiq muloqot tashkil etildi

Bu haqda bugun O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi. Muloqot «Zamonaviy tadbirkor - Yangi O‘zbekistonning tayanchi» mavzusida bo‘lib o‘tdi.
Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, Prezident huzuridagi tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman) devonining mas’ul xodimlari va tadbirkorlar ishtirok etgan ochiq muloqotdan quyidagilar ma’lum bo‘ldi.
- 2017-2021-yillar mobaynida 311 mingdan ortiq yangi kichik biznes sub’yektlari tashkil etilgan;
- palata huzurida «Toshkent xalqaro arbitraj markazi» o‘z faoliyatini boshlagan;
- hududlarda tadbirkorlarga ko‘maklashish maqsadida barcha tuman va shaharlarda Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari ochilgan;
- markazlar tomonidan tadbirkorlarga 600 mingdan ortiq biznes-xizmatlar ko‘rsatilgan;
- Palata tomonidan 14 ta o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan;
- 140 mingdan ortiq ishsiz yoshlar tadbirkorlik asoslariga o‘qitilib, biznesga yo‘naltirilishi maqsad qilingan;
- o‘tgan davr mobaynida Palata huzurida «Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti»ning Toshkent filiali tashkil etilgan;
- xorijiy mamlakatlar Palatalari bilan 18 ta memorandum va tashkilotlar bilan 71 ta hamkorlik bitimlari tuzilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter