Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlarni tekshirish tartibi takomillashtirildi

Tadbirkorlarni tekshirish tartibi takomillashtirildi

Hukumat qarori bilan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga ko‘ra endilikda tadbirkorlarni tekshirish faqatgina belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

Attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan xodimlar soni, shuningdek, ularga qo‘yiladigan kasbiy talablar har bir nazorat qiluvchi organ tomonidan belgilanadi.

Xodimlar bunda uch yilda kamida bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Quyidagilar attestatsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • yuqori malakaga, tashabbuskorlikka, javobgarlikka ega xodimlar toifasinianiqlash;
  • xodimlarning kasb tayyorgarligini, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish zarurligini aniqlash;
  • tadbirkorlar faoliyatini tekshirishni tashkil qilishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
  • tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish jarayonida korrupsiya holatlarini bartaraf etish va qonuniylikni ta’minlash.

Attestatsiya komissiyasi attestatsiya sifatli va xolisona o‘tkazilishi uchun javob beradi.

Oldin tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqini olgan, biroq mazkur faoliyatni tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga tayinlangan, shuningdek ushbu sohada qonunchilik buzilishi munosabati bilan bunday huquqdan mahrum etilgan xodimlar attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘lgan xodimlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Attestatsiyadan o‘tishda elektron moslamalardan, ma’lumotnoma, maxsus yoki boshqa adabiyotlardan, shuningdek har qanday yozuvlardan foydalanish man etiladi. Ko‘rsatilgan talablar buzilgan hollarda attestatsiyadan o‘tkaziluvchilar attestatsiyadan chetlatiladi va undan o‘tmagan deb hisoblanadi.

Attestatsiyadan o‘tkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.

Attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan o‘tgan xodimga maxsus guvohnoma beriladi.

Attestatsiyadan o‘tmagan xodimga tadbirkorlar faoliyatini tekshirish man etiladi. Nazorat qiluvchi organ rahbari mazkur xodimni tadbirkorlar faoliyatini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan lavozimga o‘tkazishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring