Surxondaryodagi yangi GES qachon ishga tushishi ma’lum qilindi
Elektr energiyasi tarmog‘ini rivojlantirish, barqaror va uzluksiz elektr energiyasini ishlab chiqarish, xususan, gidroenergetika sohasida yangi GESlarni ishga tushirish, mavjudlarini modernizatsiya qilish borasida «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati yagona tashkilot hisoblanadi.
Bugungi kunda, Jamiyat tomonidan 30 yaqin investitsiyaviy loyihalar asosida hududlarda mikro, kichik, o‘rta va yirik GESlar qurilishi boshlab yuborilgan.
«O‘zbekgidroenergo» AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Jamiyat tomonidan yana bir yangi GES Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani To‘palang suv ombori qoshida qurilayotgan «Zarchob-1 kichik GES»ning joriy yil iyun oyida ishga tushirilishi ma’lum qilindi.
Mazkur kichik GESning quvvati 37,4 MVtni tashkil etadi. Qurilish ishlari 2017-yilning avgust oyida boshlangan edi. «Gidroproyekt» AJ tomonidan loyihalashtirilgan mazkur GES «To‘palang HPD Platinium» MChJ tomonidan bunyod etilmoqda.
GES uchun zaruriy texnologik qurilmalar Xitoyning yetakchi kompaniyasi «Dongfang Electric International Corporation» tomonidan yetkazib berildi.
Hozirda mazkur GESda ikki navbatda tinimsiz qurilish ishlari tashkil qilingan bo‘lib, GESni belgilangan muddatda ishga tushirish rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter