Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Singapur – besh karra qimmat shahar

Singapur – besh karra qimmat shahar

Besh yildan beri «eng qimmat shahar» maqomini o‘zida saqlab turgan Singapurni Parij va Syurix ta’qib etmoqda.

Foto: «votpusk.ru»

«Economist Intelligence» jurnali har yili «qimmatbaho va kambag‘al» shaharlar ro‘yxatini e’lon qiladi. Uning 2018-yilgi reytingida Singapur ketma-ket beshinchi bor eng qimmat shahar sifatida qayd etildi. Eng arzon shahar esa urush o‘chog‘i bo‘lib turgan Suriya poytaxti Damashqligi ma’lum qilindi.

«Economist Intelligence» ushbu ro‘yxatni shaharlardagi 150 dan ortiq turdagi mahsulotlarning narxini aniqlash orqali tuzadi. Ushbu mahsulotlar orasida nondan tortib, avtomobillarning «yemishi» – benzingacha bor. Jurnal bu yilgi tadqiqotni dunyoning 133 ta shahrida o‘tkazdi.

Ro‘yxatda Osiyo shaharlarining yuksalishini yaqqol ko‘rish mumkin. Garchi Gonkong o‘tgan yilga nisbatan ikki pog‘ona pastlab, Fransiya va Shveysariya poytaxtlari – Parij va Syurixni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da,  hamon kuchli beshtalikda. Janubiy Koreya poytaxti esa, aksincha, tobora «qimmatlashib», qit’adosh shaharlarini quvlamoqda.

Besh yildan beri «eng qimmat shahar» maqomini o‘zida saqlab turgan Singapurni Parij va Syurix ta’qib etmoqda. Shuningdek, «kuchli o‘ntalik»da Yevropaning Oslo, Jeneva va Kopengagen shaharlari ham bor.

Ro‘yxatning quyi pog‘onalari, ya’ni arzonlar qatorida Venesuelaning Karakas, Nigeriyaning Lagos, Qozog‘istonning Olmaota, Hindistonning Bangalor shaharlari ko‘rsatilgan. Eng qimmat va eng arzon – Singapur va Damashq  shaharlaridagi narx-navo orasidagi farq besh barobardan ham yuqori.

Dilmurod Parpiyev tayyorladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring