Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shveysariyada jahon oltinining uchdan ikki qismi qayta ishlanmoqda

Shveysariyada jahon oltinining uchdan ikki qismi qayta ishlanmoqda

Foto: «Gold.ru»

 

«Gold.ru» xabar berishicha, 2018-yil iyun oyida Shveysariya boshqa mamlakatlarga oltin eksportini 2017-yilning shu oyidagiga nisbatan sezilarli darajada kamaytirgan. Biroq bitta istisno bor: Xitoyga eksport shu oyda 59 foizga oshdi va 61 tonnani tashkil etdi.

Hindiston esa iyun oyida 19 tonna shveysar oltinini sotib olgan.

Shveysariya bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil iyun oyida 485060 mln. shveysar franki qiymatiga teng 117,57 tonna oltin eksport qilingan. 2017-yilning iyun oyiga solishtirilsa bu 23 foizga kamdir.

Alp mamlakatining o‘ziga iyun oyida Buyuk Britaniyadan 46 tonna, AQShdan 10,98 tonna sariq metall import qilingan. Garchi Argentinadan 44 tonna oltin import qilingan bo‘lsa-da, bu mamlakat oltini toza emasligi uchun ancha ishlov talab, shunga yarasha qiymati ham past.

Eslatib o‘tamiz, Shveysariyada jahon oltinining 2/3 qismi qayta ishlanadi. Oxirgi yillarda aksariyat G‘arb mamlakatlari katta yombilarni eritib, kichik quymalarga aylantirish uchun ham bu mamlakatga ko‘p oltin jo‘natishyapti — negaki, bunday quymalarga Osiyoda talab juda yuqori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring