Shveysariya kompaniyasi Toshkentda 1000 o‘rinli konsert zali va besh yulduzli mehmonxona qurishi mumkin
Shveysariyaning «Mabetex Group» kompaniyasi vakillari Toshkent shahar hokimi bilan uchrashdilar. Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik, arxitektura va qurilish ishlari yuzasidan fikr almashdilar. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
Tomonlar o‘zaro muloqot chog‘ida Toshkent shahrida bunyod etilayotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan yangi loyihalar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Xususan, Toshkent shahar hokimining taklifini ma’qullab, Afrim Pokolli bir yarim oy muddatda ming tomoshabinga mo‘ljallangan ko‘p funksiyali konsert zali hamda besh yulduzlik mehmonxona loyihasini tashqi va ichki ko‘rinishi mujassam bo‘lgan taqdimotini o‘tkazishga va’da berdi.
Shveysariyaning «Mabetex Group» kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirgacha dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatlarida o‘z loyihalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Kompaniyaning asosiy ish tartibida katta inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, arxetektura qo‘llanmalarini joriy qilish va ular ustida ishlashdan iborat.
Ma’lumot sifatida keltirish mumkinki, «Mabetex Group» kompaniyasi Olmaota shahridagi ko‘pab yirik inshootlarni, jumladan Ostona opera teatrini ham o‘z loyihalari asosida qurgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter