Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning «VTB» banki prezidentini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent iqtisodiy forumi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan «VTB» banki prezidenti – boshqaruvi raisi Andrey Kostinni qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatimiz korxonalarining Rossiyadagi eng yirik bank institutlaridan biri bilan o‘zaro manfaatli investitsiyaviy va moliyaviy hamkorligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Forum doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining loyihalari uchun 1 milliard dollarlik kredit liniyasini ajratish to‘g‘risida birinchi bitim imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Bundan tashqari, industriallashtirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishni kengaytirishdagi mavjud imkoniyatlar ko‘rsatib o‘tildi.
Amaliy hamkorlikni ilgari surish bo‘yicha qo‘shma «yo‘l xaritasi»ni tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter