Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Marhamatdagi quyonchilik klasteri bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Marhamatdagi quyonchilik klasteri bilan tanishdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga safari chog‘ida Marhamat tumanidagi «Vodiy hamkor agrofirmasi» tomonidan tashkil etilgan quyonchilik klasteri bilan ham tanishdi.

1 gektardan ziyod maydonda tashkil qilingan mazkur klaster joriy yil 1-maydan ishga tushdi.

Kooperatsiya usulida 50 ta xonadonga quyonlar tarqatilib, ulardagi odamlar bandligi ta’minlandi. Shuningdek, quyon terisini oshlash va teridan telpak tikish sexida 20 ta ish joyi yaratiladi.

Korxonaga «Kaliforniya», «Yangi Zelandiya», «Flander», «Reks» va «Velikan» zotli 1000 bosh quyon olib kelingan bo‘lib, bir yil davomida ular soni 30 ming boshga yetishi kutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Quyonchilik klasteri tomonidan bir yilda jami 3 milliard so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish, 150 ming dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

Shu yerda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik korxonalari salohiyati haqida ma’lumot berildi.

- Andijonda chorva kam, go‘sht boshqa joylardan olib kelinyapti. Quyon, parranda, baliq ko‘paytirilib, go‘shti iste’molga chiqarilsa, viloyatda go‘sht narxi tushadi. Kambag‘al oilalarga tarqatilib, klasterlar tomonidan qayta sotib olinsa, ularga daromad bo‘ladi. Iqtisodiy kompleks va sektor rahbarlari shu bilan shug‘ullanishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Viloyatda omixta yem ishlab chiqarishni ko‘paytirish, quyonchilikni 1 million boshga yetkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring