Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatida yangi korxonalarni ishga tushirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatini iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Tadbir boshida 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi bo‘ldi.
Qarshi tumanidagi «Omad start», Qarshi shahridagi «Kitob ip yigiruv», Dehqonobod tumanidagi «Baxt tekstil», Shahrisabz shahridagi «Oqsaroy tekstil» va «Pit-stop» korxonalari hamda mebel fabrikasi vakillari videoaloqa orqali majmualar salohiyati haqida axborot berdi.
Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni rasman ishga tushirdi.
Qashqadaryo viloyatini iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish tafsilotlari ushbu havolada.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter