Shavkat Mirziyoyev kontrakt to‘lolmay o‘qishni tashlab ketganlar haqida gapirdi
Joriy yilda kollej va texnikumlarning 15 mingga yaqin o‘quvchilari kontrakt pulini to‘lash imkoniyati yo‘qligi bois, o‘qishni davom ettira olmagan. Bu haqda davlat rahbari ma’lum qilgan.
Yig‘ilishda 330 ta kasb-hunar maktabi, 173 ta kollej va 207 ta texnikumdan iborat tizim samarali ishlatilmayotgani aytilgan. Ma’lmu bo‘lishicha, ular mavjud quvvatlarining atigi 40-50 foizidan foydalanmoqda. Energetika, Suv xo‘jaligi, Uy-joy kommunal vazirliklariga berilgan kollejlar 20 foiz, Qurilish, Transport vazirliklari kollejlari 10 foiz quvvatda ishlayapti.
«Eng muhimi — kollej va texnikumlardagi kasblar ish beruvchilar talabiga mos emas. Oqibatda ular ishga olgan yoshlarni qaytadan o‘qitishga majbur bo‘lmoqda. O‘quv dasturlari zamon talablaridan ancha orqada, 1 ming 350 nomdagi kasbiy darslik va adabiyotlar yetishmaydi», degan prezident.
Bu muammolar yechimi bilan shug‘ullanadigan mutasaddi vazirliklar tizimli ishlamayotgani tanqid qilingan. Shu bois kasb-hunar ta’limini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter