Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot sohasida mamlakat oldida turgan vazifalarni sanab o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot sohasida mamlakat oldida turgan vazifalarni sanab o‘tdi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Bugun, 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot sohasida mamlakat oldida turgan vazifalarni sanab o‘tdi.

Ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, «yashirin» iqtisodiyotga qarshi kurashish, valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, malakali kadrlar tayyorlash kabilar shular sirasidandir.

«2019-yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so‘mlik yoki 2018-yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda. Bu borada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar miqdorini joriy yilga nisbatan qariyb 1,5 barobar oshirib, 4,2 milliard dollarga yetkazamiz. Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushiriladi. Chet el investitsiyalari birinchi navbatda strategik tarmoqlarga jalb qilinadi», deb aytib o‘tdi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Prezident 2019-yilga – «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb nom berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring