Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev benzin va avtoraqamlar haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev benzin va avtoraqamlar haqida gapirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi yig‘ilishda ochiq va davlat ishtirokisiz bo‘layotgan savdolar haqida gapirib, ularning foydali tomonlariga to‘xtalgan.

«Birjaga o‘z mahsulotlarini qo‘ygan yirik korxonalar ochiq-oshkora savdolar hisobiga o‘tgan yilning o‘zida 8 trillion so‘m qo‘shimcha daromad qilgani ta’kidlandi. Ilgari turli sxemalar orqali korrupsiya bo‘lib, daromadlar ayrim «o‘rtakashlar» cho‘ntagida qolar edi.

Misol uchun, bir yil avval benzinda davlat taqsimoti bekor qilinib, erkin birja savdosiga qo‘yilgani hisobiga bugungi kunda eng chekka «zapravkalar»da ham sifatli benzin bor. Yoki o‘tgan uch yilda birja maydonchasida avtoraqamlarni sotish hisobiga budjetga 1 trillion so‘m qo‘shimcha tushum ta’minlandi.

Eng muhimi, bu sohalardagi defitsit, korrupsiya, tanish-bilishchilik yo‘q bo‘ldi. Shu bilan birga, birja savdolarini tashkil etish, mahalliy tadbirkorlarning ishtirokini kengaytirish borasida hali tizimli muammolar mavjud.

Misol uchun, birja savdolarining 85 foizini 45 turdagi yuqori likvidli mahsulotlar tashkil etmoqda. So‘nggi yillarda ishlab chiqarilishi keng yo‘lga qo‘yilgan tekstil, ipak, charm, kabel mahsulotlarining birja savdolaridagi ulushi past», degan davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring