«Shaffof qurilish» tufayli bir oyda 400 milliard so‘m tejaldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi davomida «Shaffof qurilish» tizimi haqida so‘z yuritdi. Davlat rahbari ta’kidlashicha, ushbu tizim orqali yirik miqdorda pul tejab qolingan. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri ma’lum qildi.
«Joriy yilda ishga tushirilgan «Shaffof qurilish» tizimi orqali pudratchilarni ochiq-oshkora tanlab olish natijasida, bir oyning o‘zida investitsiya dasturlari doirasida 400 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar iqtisod qilindi.
Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Samarqand va Sirdaryoda – 40 milliard so‘mdan, Xorazmda – 35 milliard so‘m, Buxoro, Jizzax, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida – 30 milliard so‘mdan iqtisod qilingan. Ushbu raqamlar barcha viloyat hokimlariga yetkazilgan.
Ramatov, Qo‘chqorov, Musayev viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga, ikki hafta muddatda tenderlardan iqtisod qilingan mablag‘larni tegishli hududdagi infratuzilmaviy va ijtimoiy masalalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yo‘naltirish bo‘yicha ob’yektlar kesimida chora-tadbirlar ishlab chiqsin», — dedi prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter