Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda shamol stansiyalari qurmoqda

Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda shamol stansiyalari qurmoqda

Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda umumiy quvvati 4100 MVt bo‘lgan 5 ta — 2600 MVt quvvatli 4 ta shamol va 1500 MVt quvvatga ega 1 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda.

Xususan:

Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt bo‘lgan 1 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;

Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan 2 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 1600 MVt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasini qurish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Taqqoslash uchun: 4100 MVt quvvat O‘zbekistonda amaldagi elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmlarining 23 foizini tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring