Rossiyaning yaqin xorij bilan savdosi rekord qayd etdi: O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda
RIA «Novosti» agentligining milliy statistik ma’lumotlarga asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023-yil oxirida Rossiyaning qo‘shni davlatlar bilan savdo aylanmasi rekord darajaga yetdi.
Savdo aylanmasi jami 56,2 milliard dollarni tashkil qildi.
Xususan, Qozog‘iston Rossiya Federatsiyasining asosiy savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalishdagi tovar ayirboshlash hajmi 12 oyda 26 milliard dollarni tashkil etdi. Ayni paytda Markaziy Osiyo davlatining Rossiya bilan o‘zaro savdodagi ulushi yil davomida 50 foizdan 46 foizga kamaygan.
O‘zbekiston 9,9 milliard dollar va 5,4 foiz ulush bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.
Kuchli uchlikni Armaniston egallagan bo‘lib, bu davr mobaynida ular bilan tovar ayirboshlash hajmi 1,4 baravarga oshib, 7,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, kuchli beshlikka Ozarbayjon va Qirg‘iziston ham kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter