«Rus pullari»: O‘zbekiston Shveysariyani «o‘tkazib yubordi»
«Praym» yozishicha, jismoniy shaxslar 2018-yilning iyul — sentyabrida (uchinchi chorak) Rossiyadan xorijga 12,3 milliard dollar mablag‘ olib chiqishdi. Bu 2016-yildan beri eng katta ko‘rsatkichligini Rossiya banki statistikasi ko‘rsatmoqda.
Eng ko‘p pul mablag‘lari — 2,6 milliard dollar Shveysariyadagi banklarda ochilgan hisoblarga borib tushdi.
Shu uchinchi chorakda eng ko‘p pul — 8,5 milliard dollar uzoq xorijga, MDH mamlakatlariga esa 3,8 milliard dollar jo‘natildi.
Valyuta chiqib ketayotgan uzoq xorij mamlakatlari orasida AQSh ikkinchi o‘rinda — 661 million dollar. Buyuk Britaniyaga esa 645 million dollar olib ketilgan.
MDH mamlakatlaridan borgan fuqarolar Rossiyadan pul olib chiqishda «uzoq xorijliklar»dan oldinda. Masalan, O‘zbekistonga 1,254 milliard dollar (AQShdan ikki baravar ko‘p), Tojikistonga 779 million, Qirg‘izistonga 661 million (AQSh bilan baravar)dan ziyod pul jo‘natilgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, yaqin paytlargacha O‘zbekiston Shveysariya «o‘rnida» edi — o‘zbek mehnat muhojirlari ona yurtiga jo‘natayotgan pullar miqdori rus boylari shveysariya banklariga joylayotgan pullardan ko‘p edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter