Rasman! Talabalarga stipendiya to‘lashning yangi tartibi joriy qilindi
31-yanvardagi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan, 2020-yil 1-fevraldan boshlab, talabalarga stipendiya to‘lashning yangi tartibi joriy etiladi. Bu haqda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.
Qiziq, Hukumat qarori 31 yanvarda qabul qilingan bo‘lsa, unda nima uchun 5 fevral kuni kechqurun e’lon qilinyapti? Va shunda ham 2 qator gap xolos. Vazirlik shu paytgacha bilmaganmidi shunaqa qaror qabul qilinganini? Yoki aslida qaror bugun imzolanganu, lekin orqa sana bilan nomer qo‘yishdimi?
Hukumat qarorining o‘zi qani? Nima uchun haligacha Lex.uz saytida yo‘q. Bir paytlar rosa maqtanishgandiku, endi normativ hujjatlar juda qisqa vaqt ichida «Rasmiy hujjatlar» bo‘limida paydo bo‘ladi deb.
«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunga binoan, normativ hujjatlar rasman e’lorasman e’lon qilinmadi, unda qanaqa qilib 1 fevraldan yangi tizimga o‘tiladi?
Vazirlar Mahkamasining qarorlari 5 kundan buyon hech qayerda e’lon qilinmayotganini kimdir tayinli asos bilan tushuntirib bera oladimi?n qilingandan keyingina kuchga ega bo‘ladi. Lekin stipendiya to‘g‘risidagi qaror 5 fevralda ham hali
LexUz portaliga 5 fevraldagi (ya’ni bugungi) 61, 62-sonli qarorlar joylashtirilganu, lekin 31 yanvardagi 59-sonli qaror haligacha yo‘q.
Nima uchun normativ hujjatlarni e’lon qilishning aniq ishlaydigan tizimi yo‘q? Shunchalik qiyinmi bu ish? Yoki bunga ham albatta eng yuqoridan «siyosiy iroda» kerakmi?
Qabul qilingan qarorlarni rasman e’lon qilish uchun Adliya vazirligiga o‘z vaqtida yetkazib berishni kimdir nazorat qiladimi o‘zi? Vazirlikni tushunaman, ular yuqori turuvchi organ sifatida «KabMin»ga ortiqcha e’tiroz yoki qat’iy talab qo‘ya olmasa kerak. Lekin Vazirlar Mahkamasining o‘zida ijro nazoratini kimdir yuritishi kerakku axir.
Menimcha, qarorlarning tez imzolanishi yoki e’lon qilinishi Hukumatdagi komplekslarga bog‘liq bo‘lsa kerak. Qaysidir kompleks zo‘r ishlaydi, o‘shanchun qarorlar ko‘p kuttirilmaydi. Qaysidir kompleks esa aksincha, shunga doim muammo bo‘ladi.
Gapim kimlargadir yoqmasa ham aytaman, Vazirlar Mahkamasida ta’lim bo‘yicha qarorlar masalasi azal-azaldan toshbaqa misoli sekin bo‘lgan. Toshbaqadan ham sekinroq hatto!
Stipendiyalar qayta hisob-kitob qilinishi kerak
Mayli, rasmiy qaror matni haligacha bo‘lmasa ham, lekin har holda ikki enlik rasmiy xabar bor, shu xabarga qarab huquqiy xulosa qilsak bo‘ladi.
Stipendiya to‘lash tartibi endilikda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi. Ilgari bu jarayon Moliya hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida tartibga solinardi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan stipendiyaga oid yangi tartib 1 fevraldan amal qilar ekan. Demak, bundan xulosa qilish mumkinki, 1 fevralgacha eski tartib kuchda bo‘ladi.
Eski tartib kuchda bo‘ladi degani, talabalarga 1 fevralgacha tabaqalashtirilgan (1 - 0,75 - 0,5 koeffitsent) stipendiya to‘lanishi kerak bo‘lgan.
Ammo sentyabr oyidan buyon amalda qonuniy kuchda bo‘lgan Yo‘riqnomaga rioya qilinmadi, hech bir qonuniy asosi bo‘lmasa ham talabalarga stipendiyalar boshqacha tartibda to‘landi. Batafsil mana bu yerda.
Ammo qonun ustuvor davlatlarda bunday bo‘lmasligi kerak. Qonunni hurmat qilgan Moliya vazirligi talabalarga asossiz kam yoki ko‘p stipendiya to‘lamaydi. Qonunni hurmat qilgan Oliy ta’lim vazirligi bu jarayonni qo‘llab-quvvatlamaydi. Qonunni hurmat qilgan Hukumat bunga tomoshabin bo‘lib turmaydi va oldini oladi.
Shu sababli, talabalar bilan toki 1 fevralgacha bo‘lgan 5 oy (sentyabr-oktyabr-noyabr-dekabr-yanvar) uchun qayta hisob-kitob qilinishi kerak. Bunday qayta hisob-kitob 4 va 5 bahoga yopganlar uchun foydali, 3 bahoga yopganlar uchun zarar (taxminan 150 ming so‘m) bo‘ladi. Ammo nailoj, qonunchilik talabi shunday, unga hamma bo‘ysunishi kerak.
O‘zi qabul qilgan muhim qarorni 5 kundan buyon rasman e’lon qilishni tashkil qila olmagan Hukumat hech bo‘lmasa talabalar haqqini joyiga qo‘yib qo‘ygani ma’qul, menimcha. Yana ham o‘zingiz bilasiz, mening ishim qonunni eslatish xolos.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter