Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qo‘shimcha vakolat beriladi
Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yil yakuniga qadar 400 million dollarlik loyihalarni boshlashni topshirgan. Bugungi kunda 580 ta yangi loyiha ishlab chiqilgan bo‘lib, kreditlar qisqa muddatga berilishi bois ularni amalga oshirish kechikmoqda.
Shu munosabat bilan vazirlikka loyihalarni ishga tushirib, lizing asosida sotish vakolati beriladi. Bog‘dorchilik agentligiga 1 mayga qadar 20 million dollar, natijaga qarab, yil yakuniga qadar yana 45 million dollar ajratiladi.
Buning hisobiga joriy yilda 6 ta viloyatda 1,8 ming gektarda intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etilib, tadbirkorlarga kamida 7 yil muddatga lizingga beriladi. 1 maydan bog‘ va tokzorlar barpo etish uchun kreditlar tadbirkorlarga kamida 10 yil muddatga ajratiladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar xususiy sektor bilan birga jami 115 ming tonnali 17 ta kichik agrologistika markazi ishga tushiriladi. Ular «tayyor holda» 5 yillik imtiyozli davr bilan kamida 10 yilga lizing asosida sotiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter