Qozog‘iston: eng ko‘p pul Rossiya va O‘zbekistonga jo‘natilyapti
«Zakon.kz» yozishicha, 2019-yilning o‘tgan 10 oyi davomida Qozog‘istondan eng ko‘p Rossiya va O‘zbekistonga pul jo‘natilgan.
Xabarga ko‘ra, xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali qozog‘istonliklar 2019-yilning yanvar — oktyabr oylarida xorijga 540,4 mlrd. tenge, ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,2 foiz ko‘p pul yuborishgan. Chet eldan pur kirib kelishi esa, aksincha, 1 foizga kamayib, jami 290,2 mlrd. tengeni tashkil etgan.
Chet elga yuborilgan pullarning yarmidan ko‘pi an’anaviy ravishda Rossiya va O‘zbekistonga to‘g‘ri kelmoqda. Rossiyaga 171,9 mlrd. tenge (o‘tgan yilga nisbatan 10,2 foizga qisqargan), O‘zbekistonga esa 10 oy davomida 119,6 mlrd. tenge (o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga o‘sgan) jo‘natilgan.
Keyingi o‘rinlarda Turkiya (75,5 mlrd. tenge) va Qirg‘iziston (70,5 mlrd. tenge).
Qozog‘istonga pul yuborilayotgan mamlakatlar ro‘yxatini ham Rossiya boshqaryapti — 112,5 mlrd. tenge. Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (54,5 mlrd. tenge), O‘zbekiston (25,4 mlrd. tenge), Qirg‘iziston (24 mlrd. tenge), AQSh (15,8 mlrd. tenge).
Qo‘shni davlatning xorij bilan pul o‘tkazmalarida eng katta tafovut O‘zbekistonga tegishli: Qozog‘istondan bizning mamlakatimizga ular olgandan 94,1 mlrd. tenge ko‘p pul yuborilgan.
Ma’lumot uchun: 1 tenge — 24,6 so‘m.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter